Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 May, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasining g’olibi aniq!

1-raqamli portal SB.uz hamda «Navro’z» radiosi hamkorligida har chorshanba efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi qariib yarim yildan beri muxlislar hukmiga taqdim etib kelinmoqda. Bugun loyihada avval xabar berganimizdek «Bunyod» guruhi mehmon bo’ldi.

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada «Bunyod» guruhining ijodi haqidagi savol bilan Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: «Bunyod» guruhining solisti Abduvali Ahmadning sevimli raqamlari necha?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar javob topishga juda qiynalishdi. Botirxon esa dastur nihoyalanib borayotgan bir paytda biroz tinglovchilarga yordam berdi. Shundan so’ng to’g'ri javobni In’omjon Nishonov e’lon qildi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: «Bunyod» guruhining solisti Abduvali Ahmadning sevimli raqamlari 29. Chunki ushbu kunda ular tavallud topgan.

In’omjon Nishonovni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *