Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Sen, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasining bugungi g’olibi…

FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida tashkil etilgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi e’tiboringizga har hafta havola etib kelinmoqda. Loyiha boshlovchisi Botirxon, ushbu loyihani ko’tarinki ruh bilan a’lo darajada olib bormoqda. Avval xabar berganimizdek, ushbu hafta loyiha mehmoni sifatida Sardor Rahimxon taklif etilgan edi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz Navro’z radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Sardor Rahimxon haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Savol Sardorning bu yil 10-11 oktyabr kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan ilk yakkaxon konsert dasturi bilan bevosita bog’liq edi. Demak savol quyidagicha edi:
Savol: Sardor Rahimxonning ilk yakkaxon konsert dasturi «Seni asragayman» deb nomlanadi. Ushbu nom Sardorning qaysi qo’shig’iga asoslangan holda tanlangan?
Iste’dodli boshlovchi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga zukkolik bilan Diyora Baratova ismli tinglovchi SMS orqali to’g'ri javobni yo’lladi. Botirxon, o’z navbatida to’g'ri javob topgan muxlis bilan bog’landi va g’olib bo’lganligi bilan muborakbod etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Sardor Rahimxonning ilk yakkaxon konsert dasturi «Seni asragayman» deb nomlanadi. Ushbu nom Sardorning «Baxting» qo’shig’iga asoslangan holda tanlangan.
Diyora Baratova
ni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *