Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Dek, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasining bayram soni!

Mashhurlikka ilk qadamQisqa muddat ichida SB.uz portali hamda «Navro’z» radiosi hamkorligida FM88,4 MHz to’lqini orqali efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi xalqimiz orasida ommmalashdi,-deya to’liq ayta olamiz. Bilasiz ushbu loyiha har chorshanba soat 15:00dan 16:00gacha taqdim etilar edi. Ammo navbatdagi loyiha soni ayni bayram kuniga to’g'ri kelgani uchun «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi 31 dekabr kuni soat 22:00dan 23:00gacha havola qilinadi. Biroq, loyihada kim ishtirok etadi? Darvoqe, ushbu kunda «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi umuman o’zgacha tarzda namoyish qilinadi…

Ushbu kunda kim mehmon va qanday yangiliklar bo’ladi albatta dastur avvalida xabardor bo’lasiz! Ammo shu narsani aytib o’tishimiz mumkinki, «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi orqali barchaga quvonch va shodlik ulashiladi. Shu o’rinda boshlovchi Botirxonga SB.uz portali ijodiy jamoasi yangi yil bilan chin dildan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar yor bo’lishini Allohdan so’rab qoladi. Hamkorlik aloqalari yana uzoq yillar davom etaversin.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *