Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 May, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasida Umar Shamsiev!

SB.uz portali hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi to’lqini orqali har chorshanba soat 15:00dan 16:00ga qadar «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi efirga uzatiladi. Ushbu loyihada estradamizning yorqin san’atkorlari mehmon bo’lishadi. Ushbu haftada loyiha mehmoni iste’dodli xonanda Umar Shamsiev!«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida siz ham bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Albatta, dastur avvalida boshlovchi Botirxon Umar Shamsievning ijodiga oid savolni ma’lum qiladi. Siz esa, o’z navbatida savolga javob topishingiz zarur. Agar siz g’olib deb topilsangiz, ismi-sharifingiz sevimli portalingiz SB.uz portali orqali e’lon qilinadi. Yana bir bor eslatib o’tamiz, «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi odatdagidek, ertaga 27 may, chorshanba kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali tinglashingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *