Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Iyul, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasida Ulug’bek Rahmatullaev ishtirok etdi…

1-raqamli portal SB.uz hamda «Navro’z» radiosi hamkorligida har chorshanba efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi o’zining bir yillik shodiyonasini qarshi oldi. Qisqa muddat ichida ushbu loyiha radio shinavandalar orasida o’z nomi bilan mashhur bo’ldi. Kecha 8 iyul kuni loyihada avval xabar berganimizdek, «Mahzun qo’shiqlar qiroli» nomiga sazovor xonanda Ulug’bek Rahmatullaev mehmon bo’ldi. Ulug’bekning muxlislarga qanday savol bilan murojaat qilganiga qiziqyabsizmi? U holda hoziroq savol va javoblar bilan tanishishingiz mumkin…«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi 8 iyul kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Ulug’bek Rahmatullaev haqidagi savol bilan Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Ulug’bek Rahmatullaev shu yilning bahor oyida ilk bor vodiy bo’ylab gastrol konsert dasturlarini taqdim qilgan edi. Ushbu gastrol konsert dasturlari nechanchi chisloda bo’lib o’tgan?
Javob: Ulug’bek Rahmatullaev shu yilning bahor oyida ilk bor vodiy bo’ylab gastrol konsert dasturini taqdim qilgan edi. Ushbu gastrol konsert dasturlari 9-13 mart kunlari bo’lib o’tgan.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *