Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Iyun, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasida shoira va bastakor Shahnoz!

SB.uz portali hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali har chorshanba soat 15:00dan 16:00ga qadar «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi efirga uzatiladi. Qariib bir yil vaqt ichida 50 ga yaqin xonandalar, aktyor va aktrisalar ushbu loyihada ishtirok etib ulgurishdi. Eslatib o’tamiz, 2 iyul kuni «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi o’zining bir yoshini qarshi oladi. Bu haftada esa loyiha mehmoni iste’dodli shoira va bastakor Shahnoz.«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasining boshlovchi Botirxon, loyiha avvalida o’yin shartlari bilan tanishtirib o’tadi. Unga ko’ra, sizga loyiha mehmoni tomonidan taqdim qilingan savol e’lon qilinadi, siz esa o’z navbatida javob topishingiz kerak bo’ladi. Birinchilar qatorida javob yo’llasangiz, o’z ismi-sharifingizni mashhurlar qatoriga qo’shishingiz mumkin. Bu endilikda juda oson! Eslatib o’tamiz, loyiha 17 iyun kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali efirga uzatiladi.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *