Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Avg, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida kim mehmon?

www.ShoubizneS.uz portali hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamkorligidagi «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi ko’pchilik muxlislarga manzur bo’lmoqda. Buni bizga kelayotgan ko’plab maktublardan bilishimiz mumkin. «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasining bu galgi mehmoni yosh iste’doli xonandalarimizdan biri mehmon bo’ladi. Kim ekanligiga qiziqayotgan bo’lsangiz, loyihani tinglang!«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida siz ham bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Lekin 27 avgustda o’tkaziladigan navbatdagi sonida loyiha sharti biroz o’zgaradi. Albatta, dastur avvalida boshlovchi Botirxon loyihadagi ba’zi oz’garishlar haqida ma’lum qiladi. Siz esa, o’z navbatida savolga javob topishingiz zarur. Agar siz g’olib deb topilsangiz, ismi-sharifingiz sevimli portalingiz SB.uz portali orqali e’lon qilinadi. «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi odatdagidek, 27 avgust, chorshanba kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali tinglashingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *