Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Okt, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida kim g’olib?

Mashhurlikka ilk qadam!«Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugungi mashhur insonini ham topdi! Ular bitta emas, balki ikkita! Bugun esa ushbu loyihada Dilfuza Ismoilova mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Dilfuza Ismoilovaning  hayoti va ijodi haqidagi savollar bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Dilfuza Ismoilovaning sevimli aktyori kim?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga Dilfuza Ismoilovaning ashaddiy muxlislaridan biri Maqsuda To’raeva SMS orqali taqdim etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Dilfuza Ismoilovaning sevimli aktyori Murod Rajabov.
Maqsuda To’raeva
ni g’olib bo’lganliklari bilan tabriklab, Botirxon ikkinchi savolni o’qib eshittirdi.
Savol: Dilfuza Ismoilova ilk bor qaysi taomni mustaqil tarzda tayyorlagan?
Ko’plab muxlislar yuqoridagi savolga javob topishga urunib ko’rishdi. Lekin ha deganda to’g'ri javobni ayta olishmadi. Shunda Botirxon hamirli taom ekanligini alohida ta’kidlab o’tganidan so’ng, Dilafruz Tursunova ismli radiotinglovchi to’g'ri javobni taqdim etdi.
Javob: Dilfuza Ismoilova ilk bor honim taomini mustaqil tarzda tayyorlagan.

Maqsuda To’raeva va Dilafruz Tursunovani g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *