Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Iyun, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasida Jasur Umirov!

SB.uz portali hamda «Navro’z» radiosi hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi tez orada o’zining bir yilligini nishonlaydi. Shu davr ichida ushbu loyiha juda katta muvaffaqiyatlarga erishib, ko’plab muxlislar orttirishga ulgurdi. Kelayotgan chorshanba kuni esa ushbu loyihada o’zbek estradasining yosh va iste’dodli xonandalaridan biri, Jasur Umirov mehmon bo’ladi…«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida siz ham bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Albatta, dastur avvalida odatga ko’ra, boshlovchi Botirxon Jasur Umirovning ijodiga oid savolni ma’lum qiladi. Siz esa, o’z navbatida savolga javob topishingiz zarur. Agar siz g’olib deb topilsangiz, ismi-sharifingiz sevimli portalingiz SB.uz portali orqali e’lon qilinadi. Yana bir bor eslatib o’tamiz, «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi odatdagidek, ertaga 3 iyun, chorshanba kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali tinglashingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *