Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Okt, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida bir emas ikki g’olib!

Mashhurlikka ilk qadam«Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugungi mashhur insonini ham topdi! Ular bitta emas, balki ikkita! Ushbu haftada avval xabar berganimizdek, yosh guruhlardan biri «Afruz» guruhi yigitlari mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada «Afruz» guruhining ijodi haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: «Afruz» guruhi estradamizning qaysi namoyondasi bilan qalin do’st?
Iste’dodli boshlovchi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga javob topishga tinglovchilar biroz qiynalishdi. Buni sezgan loyiha boshlovchisi Botirxon, qo’lidan kelganicha yordam berishga harakat qildi. Buning ijobiy natijasi o’laroq, Aziz Xo’jabekov ismli tinglovchi 0784 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, Botirxonga ma’lum qildi. Shu orada 5050 qisqa raqamlariga Malika Yusupova ismli tinglovchi ham aniq javobni bayon qilib qoldi. Botirxon, to’g'ri javob topgan har ikkala tinglovchini g’olib bo’lganligi bilan muborakbod etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: «Afruz» guruhi estradamizning yosh ijodkorlaridan biri bo’lgan Jamshid Abduazimov bilan qalin do’stdir.
Aziz Xo’jabekov va Malika Yusupovani g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *