Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Fev, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasida Alisher Uzoqov ishtirok etdi…

Mashhurlikka ilk qadam«Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugungi mashhur insonini ham topdi! Loyihada avval xabar berganimizdek Alisher Uzoqov mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi 11 fevral kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Alisher Uzoqovning ijodi va shaxsiy hayoti haqidagi savollar bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Alisher Uzoqovning sevimli raqami qaysi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar javob topishga juda ham harakat qilishdi. Lekin ushbu unchalik murakkab bo’lmagan savolga radiotinglovchilar javob topa olishmadi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Alisher Uzoqovning sevimli raqami 11.

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasida barcha qatnashgan radiotinglovchilarga SB.uz portali hamda «Navro’z» radiosi xodimlari o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *