Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Fev, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasida 3 g’olib!

Mashhurlikka ilk qadam«Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugungi mashhur insonini ham topdi! Loyihada avval xabar berganimizdek O’lmas Olloberganov mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada O’lmas Olloberganovning ijodi va shaxsiy hayoti haqidagi savollar bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: O’lmas Olloberganov kimning qaysi asarini yaxshi ko’radi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar javob topishga unchalik qiynalishmadi. Birinchilardan bo’lib, Sarvinoz Alimbekova savolga to’g'ri javobni taqdim etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: O’lmas Olloberganov Abdulla Qodiriyning «O’tkan kunlar» asarini yaxshi ko’radi.
Shundan so’ng boshlovchi Botirxon O’lmas Olloberganov haqidagi ikkinchi savolni taqdim etdi:
Savol: O’lmas Olloberganovning sevimli aktrisasi kim?
Boshlovchi tomonidan ushbu savolga, Xadicha Mansurova ismnli radiotinglovchi to’g'ri javobni e’lon qildi.
Javob: O’lmas Olloberganovning sevimli aktrisasi Gulchehra Jamilova.
Botirxon loyihaning eng so’nggi savolini e’lon qildi.
Savol: O’lmas Olloberganovning sevimli xonandasi kim?
Bu savolni topishga radiotinglovchilar biroz javob topishga qiynalishdi. Lekin shunga qaramasdan, Saida Abdurahmonova ismli radiotinglovchi telefon orqali to’g'ri javobni e’lon qildi.
Javob: O’lmas Olloberganovning sevimli xonandasi Sherali Jo’raev.

Sarvinoz Alimbekova, Xadicha Mansurova va Saida Abdurahmonovani g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *