Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Dek, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi… Sir ochildi?!

Mashhurlikka ilk qadam«Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugungi mashhur insonini ham topdi! Bugun ushbu loyihada avval xabar berganimizdek Diyora mehmon bo’ldi. Agarda dasturni tinglagan bo’lsangiz, Diyoraning asl ismi nima ekanligini ham bilib olgan bo’lishingiz tabiiy. Tinglashga ulgurmagan bo’lsangiz, hoziroq bilib olishingiz mumkin.

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Diyoraning ijodi va shaxsiy hayoti haqidagi savollar bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Diyora yangi suratga olingan «Kelgindi qaynona» filmida qanday obrazni talqin qilgan? va Diyoraning asl ismi nima?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar javob topishga biroz qiynalishdi. Ammo Muxlisa Asqarova ismli tinglovchi boshlovchi tomonidan yo’llangan ikkita savoldan biriga to’g'ri javobni taqdim etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Diyoraning asl ismi Kamola Arslonova.
Shundan so’ng, boshlovchi Botirxon ikkinchi savolga o’zi javob berishiga to’g'ri keldi.
Javob: Xonanda Diyora «Kelgindi qaynona» filmida bosh qahramon «Xosiyat» obrazini talqin qilgan. Xosiyat tabiatan juda jiddiy qiz.

Muxlisa Asqarovani g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *