Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Noy, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi g’oliblari…

Mashhurlikka ilk qadam«Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugungi mashhur insonlarini ham topdi! 5 noyabr kuni ushbu loyihada Dineyra mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Dineyraning ijodi haqidagi savollar bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak, savol quyidagicha:
Savol: Dineyraning ilk albomi qanday nomlanadi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga Dineyraning ashaddiy muxlislaridan biri Malika Abdullaeva telefon orqali ma’lum qildi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob:Dineyraning ilk albomi «Alvido» deb nomlanadi.
Malika Abdullaevani g’olib bo’lganliklari bilan tabriklab, Botirxon ikkinchi savolni o’qib eshittirdi.
Savol: Dineyra eng so’nggi klipni qaysi qo’shig’iga olgan?
Ko’plab muxlislar yuqoridagi savolga javob topishga urunib ko’rishdi. Lekin ha deganda to’g'ri javobni ayta olishmadi. Shunda Botirxon biroz yordam berganidan so’ng, «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasining ashaddiy tinglovchilaridan va bir necha bor avvalgi dasturlarda g’olib bo’lgan Aziz Xojabekov to’g'ri javobni taqdim etdi.
Javob: Dineyra eng so’nggi klipni «Gumon» qo’shig’iga olgan.

Malika Abdullaeva va Aziz Xojabekovnini g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *