Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Avg, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!»… kim g’olib?

FM 88,4 MHZ «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida tashkil etilgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi e’tiboringizga havola etib kelinmoqda. Avval xabar berganimizdek, ushbu hafta loyiha mehmoni maftunkor xonanda Ziyoda edi…«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz Navro’z radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Ziyoda haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon radiotinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha edi:
Savol: Ziyodaning ilk albomi qanday nomlanadi?
Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga avvaliga tinglovchilar javob topishga biroz qiynalishdi. Lekin Xasanova Malika ismli tinglovchi SMS orqali to’g'ri javobni yo’lladi. Botirxon, o’z navbatida to’g'ri javob topgan muxlis bilan bog’landi va g’olib bo’lganligi bilan muborakbod etdi. Javob quyidagicha edi:
Javob: Ziyodaning ilk albomi «Yuragimsan» deb nomlanadi.
Xasanova Malika
ni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.
Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *