Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Avg, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!»… G’olib nima uchun aniqlanmadi?

FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida tashkil etilgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi har chorshanba e’tiboringizga havola etib kelinmoqda. Bugungi «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi oldingilariga nisbatan o’zgacha tarzda o’tdi. Lekin bu safargi «Mashhurlikka ilk qadam!»ning mashhur insoni aniqlanmadi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz Navro’z radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada endigina sahnaga qadam qo’yib kelgan yosh estrada xonandasi haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon radiotinglovchilarga murojaat qildi. Ya’nikim, ushbu xonanda ijrosidagi qo’shiq tinglovchilarga qo’yib eshittirildi. Tinglovchilar esa, o’z navbatida qo’shiqning nomi va ijrosini topishlari lozim edi… Ammo ming afsuslar bo’lsin, javobni hech bir tinglovchi topa olmadi. Nima ham derdik? Shu sababli ham radiotinglovchilardan, nafaqat topqirlik, balki ziyraklik ham talab etiladi. Demak, javob quyidagicha edi.
Loyiha boshlovchisi Botirxon, yosh estrada xonandasi Sohib Tohirovning «Go’zal yor» taronasini qo’yib eshittirgan edi…
Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *