Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Sen, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!»… G’olib kim?

Mashhurlikka ilk qadamBugun FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida tashkil etilgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi soat 15:00dan 16:00ga qadar e’tiboringizga havola etildi. Loyiha boshlovchisi Botirxon, loyihani a’lo darajada hamda ko’tarinki ruhda olib bordi. Avval xabar berganimizdek, ushbu hafta loyiha mehmoni sifatida iste’dodli xonanda Umar Shamsiev taklif etilgan edi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Umar Shamsiev haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Umar Shamsiev qachon tavallud topgan?
Iste’dodli boshlovchi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga avvaliga tinglovchilar biroz qiynalishdi. Ammo Aziz Tolibjonov ismli tinglovchi SMS orqali to’g'ri javobni yo’lladi. Botirxon, to’g'ri javob topgan muxlis bilan bog’landi va g’olib bo’lganligi bilan muborakbod etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Umar Shamsiev 1985 yilda tavallud topgan.
Aziz Tolibjonov
ni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi. «Navro’z» radiosiga tashrif buyurib, o’z sovg’alarini olib ketishlari mumkin.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *