Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Yan, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam»! G’olib aniqlandi…

Mashhurlikka ilk qadamAvval xabar berganimizdek, bugungi »Mashhurlikka ilk qadan» loyihasi mehmoni Nilufar Usmonova! Loyiha davomida boshlovchi Botirxon Nilufar Usmonovaning qiziqishi haqidagi savol bilan murojaat qildi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Nilufar Usmonovaning sevimli filmi qaysi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar javob topishga unchalik qiynalishgani yo’q. Juda ham topqirlik bilan Dilorom Alimova ismli tinglovchi boshlovchi tomonidan yo’llangan savolga to’g'ri javobni taqdim etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Nilufar Usmonovaning sevimli filmi «Mahallada duv-duv gap».

Dilorom Alimovani g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *