Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Okt, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!»… 2 savol 2 g’olib!

Mashhurlikka ilk qadam!FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi shu kungacha bir nechta mashhur insonlarni kashf qildi! Bugun yana ularning soni bittaga emas, balki ikkitaga ko’paydi! Avval xabar berganimizdek, ushbu haftada sobiq «Zamon» guruhining yakkaxoni Sherkhan mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Sherkhanning ijodi haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Xonanda Sherkhanning asl ismi?
Iste’dodli boshlovchi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga 10 daqiqa o’tar-o’tmas, Malika Abdullaeva ismli muxlis to’g'ri javobni taqdim qildi.Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Xonanda Sherkhanning asl ismi Shohruh Jo’raev.
Shundan so’ng, Botirxon o’yinni davom ettirdi va ikkinchi savolni taqdim etdi.
Savol: Sherkhan shu kungacha nechta tarona yaratgan?
Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga endi muxlislar biroz qiynalishdi. Biroq, Go’zal Tojiboeva ismli zukko tinglovchi to’g'ri javobni taqdim etdi.
Javob: Sherkhan shu kunga qadar 9 ta tarona yaratgan va ularni muxlislar iliq qabul qilishgan.
Malika Abdullaeva va Go’zal Tojiboevalarni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *