Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Dek, 2008

Loyihada bir emas to’rtta g’olib!

Mashhurlikka ilk qadam«Navro’z» radiosi hamda 2006 yilda «Uzinfocom» markazi tomonidan foydalanuvchilarni eng ko’p jalb qila olgan internet resurs sifatida tan olingan SB.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun ko’tarinki ruhda o’tdi! Ushbu loyihada avval xabar berganimizdek ajoyib iste’dodli aktyor Farruh Soipov mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Farruh Soipovning ijodi va shaxsiy hayoti haqidagi savollar bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: So’nggi marotaba Farruh Soipov qaysi filmda bosh qahramon obrazini talqin qildi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar tezda javob topishdi. savolga to’g'ri javobni tinglovchi Dilafruz Tursunova taqdim etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: So’nggi marotaba Farruh Soipov «Kelgindi qaynona» filmida bosh qahramon obrazini talqin qildi.
Shundan so’ng, boshlovchi Botirxon ikkinchi savolni taqdim etdi.
Savol: Aktyor Farruh Soipov nechanchi yil tavallud topgan?
Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga telefon orqali Shahlo Qodirova va SMS orqali esa …0024 abonent raqami egasi Sherzod Xasanov to’g'ri javobni ma’lum qilishdi.
Javob: Aktyor Farruh Soipov 1984 yilda tavallud topgan.
O’yin juda qiziqarli davom etayotgan bir paytda, boshlovchi uchinchi savolni e’lon qildi:
Savol: Farruh Soipovning yaqinlari uni qaysi kasb egasi bo’lishini istashgan?
Ushbu savolga yana dadillik bilan SMS orqali …0024 abonent raqami egasi Sherzod Xasanov va telefon orqali esa Ravshan G’ulomov to’g'ri javobni yo’llashdi.
Javob: Farruh Soipovning yaqinlari uni aslida shifokor bo’lishini istashgan.

Dilafruz Tursunova, Shahlo Qodirova, Ravshan G’ulomov va …0024 abonent raqami egasi Sherzod Xasanovni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Loyiha so’nggida an’anadan biroz chekingan holda boshlovchi Botirxon, loyiha mehmoni bo’lgan aktyor Farruh Soipov bilan telefon orqali bog’landi. Farruh o’z navbatida yangi yil tilaklarini izhor qildi va bugungi g’oliblarni chin dildan qutladi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *