Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Dek, 2008

Jamshid Xojiniyozov «M&TVA — 2008» nominanti…

Jamshid Hojiniyozov Xabaringiz bor, har yilning so’nggida eng yaxshi ijodkorlarni taqdirlash marosimi, ya’ni «M&TVA Awards» marosimi bo’lib o’tadi. Bu yil ham ushbu 3-marotaba o’tkazilayotgan marosimda yil davomida izlanishda hamda ijod qilishda o’zini ko’rsata olgan eng yaxshi ijodkorlar taqdirlanishlari aniq. Lekin…Lekin har bir nominatsiya bo’yicha eng yaxshi beshtalik ichidan eng-engini topish esa biz kabi ijodkorlarning muxlislari qo’lidadir. Bizning hamkorimiz bo’lmish, FM101 MHz O’zbegim taronasi radiosining ustoz radioboshlovchisi Jamshid Xojiniyozov ham aynan bu yilgi «M&TVA — 2008″da «Yilning eng yaxshi radioboshlovchisi» nominatsiyasida nominant sifatida qatnashishi bizni juda ham hursand qildi. Zero, O’zbekistonning eng yaxshi 5 taligiga kirish hammaga ham nasib qilavermaydi. Ha aytgancha, aynan shu beshtalik ichidan sevimli radioboshlovchimiz, kamina uchun ustoz Jamshid Xojiniyozovni 25-dekabr kuni bo’lib o’tadigan «M&TVA — 2008″ marosimida eng oliy mukofotni egallashlariga chin dildan tilak bildirib qolamiz. Albatta bunga qo’shimcha qilib ularga ovoz berishda ishtirok etishingizni so’rab qolamiz…

Jamshid Xojiniyozov


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *