Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ibrohim Ahmedov baxtli bo’ling!!!
26 Avg, 2014

Ibrohim Ahmedov baxtli bo’ling!!!

Ibrohim Ahmedov nikoh oqshomiKecha o’zbek shou-biznesi vakillari bir joyda jamul-jam bo’lishdi. Buning sababchisi esa «Grand» radiosi boshlovchisi Ibrohim Ahmedov va uning yori Margaritadir. Toshkent shahrida joylashgan «Oqshom» restoranida bo’lib o’tgan ushbu ajoyib nikoh oqshomidan fotoreportaj esa bugun bizning portalimizda!!!

SB.uz portali ijodiy jamoasi ham mazkur kechada shou-biznes olami vakillari bilan bir qatorda mehmon bo’ldik. Nikoh oqshomi haqiqiy shou darajasida bo’lib o’tdi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Tashrif buyurganlar orasida san’at olamining eng yorqin vakillarini ko’rishingiz mumkin edi. Dj Piligrim, Rayhon, Ulug’bek Rahmatullaev, Sardor Rahimxon, Dilso’z, Manzura, Davron Ergashev, Shohruhxon, Sharof Muqimov, «Fayoz» guruhi, «Bayon» guruhi, Botir Yaminov, Sitora Farmonova, Jahongir.uz, Mirjamol, «Ato» guruhi, Firdavs, Nilufar, Doston Ubaydullaev, «Ummon» guruhi, «Bojalar» guruhi, Shohruh, Yakzon, Jahongir Ahmedov, Akmal Mirzo, Ravshan Hakimov, Davron Kabulov va yana ko’plab o’zbek shou-biznesining nomdor vakillari tashrif buyurishdi. Ularning har birlari kuyov bilan kelinni qutlab, shodiyonaga o’z hissalarini qo’shdilar. Biz maqolada ko’pdan-ko’p yozuvlar yozgandan ko’ra, asosiy e’tiboringizni kecha davomida tushirilgan eksklyuziv fotosuratlarga qaratishni lozim topdik.

Quyida siz azizlar uchun nikoh oqshomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari, Tanlanganlar | 2 658 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *