FM101: «Yulduzlar yog'dusi» kafotlatlanadi…
Yaqindagina o'z 10 yillik tavallud ayyomini katta shodiyona ila o'tkazgan O'zbegim taronasi radiosi kutilmaganda Tarona Rekords kompaniyasi bilan hamkorlikda barcha muxlislari uchun juda ham ajoyib sovg'a hozirladi.
Demak 4-sentyabr, soat 19:00 da, Istiqlol saroyida O'zbegim taronasi radiosining 10 yilligiga bag'ishlangan «Yulduzlar yog'dusi» katta galakonserti bo'lib o'tadi. Ushbu galakonsertning boshqa bu turdagi konsert dasturlaridan ko'pgina kutilgan va kutilmagan voqealiklarga boy o'tishi bilan tubdan farq qilishi hozirda barchaga ma'lum qilinmoqda. Faqat qanday yangiliklar kutayotgani esa, aynan shu kuni konsert dasturiga tashrif buyurganlarga aniq bo'ladi. Konsert dasturida Ulug'bek Rahmatullaev, Ziyoda, Oybek va Nigora, Manzura, Davron Ergashev, Nilufar Usmonova, Shahriyor, Rayhon, Bojalar, Shahnoz, Sardor Rahimxon, Shohruhxon Setora va ko'plab boshqa mega yulduzlar qatnashadi. Eslatib o'tamiz, yaqin orada bunaqasi hali bo'lmagan…