Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Dek, 2007

FM 101da yangi yil loyihasi!

FM101 da qaynoq loyihaSiz o’z avtomobilingizda ketayotib, birdaniga sizning avtomobil davlat raqamingizni radioto’lqin orqali eshitib qolsangiz, qanday holatga tushasiz? Albatta hayron qolishingiz aniq.31 dekabr «O’zbegim taronasi» radiosida ajoyib bir loyiha yo’lga qo’yiladi. Ushbu loyiha orqali qorbobo hamda qorqiz maxsus avtomobilda shahrimizni aylanib yurishadi va yo’lda ketayotib, tasodifiy avtomobil davlat raqamini studiyaga ma’lum qilishadi. O’z raqamini eshitgan avtomobil egasi esa, o’sha zahoti avtomobilni to’xtatib qorbobo hamda qorqizni topishi lozim bo’ladi. Albatta barcha hodisalar so’ngida avtomobil haydovchisi sovg’a bilan taqdirlanadi hamda ON-LINE tarzda butun O’zbekiston ahlini yangi yil bilan tabriklashga sazovor bo’ladi.
Demak 31 dekabr, 9:00dan 18:00gacha «O’zbegim taronasi»dan aslo yiroqlashmang hamda yo’l qoidalarini buzmagan holda o’z yo’lingizda davom eting…
Loyiha homiysi hususiy tadbirkor «To’xtaniyoz ota» fermer xo’jaligi.
Loyiha axborot hamkori 
SB.uz portali


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *