Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Dek, 2007

FM 101da «Talabga binoan to’xtash»!

O'zbegim taronasida Talabga binoan to'xtashAvval xabar berib o’tganimizdek, 31 dekabr kuni FM 101 MHZ «O’zbegim taronasi» radiosi poytaxtimiz Toshkent shahri bo’ylab katta aksiya o’tkazdi. Kun davomida FM 101 yozuvi bilan bezatilgan mikroavtobus beto’xtov butun shaharni aylanib chiqdi.

Erta tongdan «O’zbegim taronasi» radiosiga tashrif buyurar ekanman, radioda yangi yil bayrami shukuhi hamda barchaning quvonchi cheksizligi ko’rinib turar edi. Ertalabdan radio to’lqinlar orqali Dilmurod G’ulomov va Sabinalarning quvnoq va hazilga boy dasturlari kayfiyatni yanada oshirib yubordi. Soat millari 9:00ga yaqinlashar ekan, Qorbobo va qorqiz, ya’ni Dima Filipov hamda Kseniya Orlovalar aksiyani ochib berishdi. »O’zbegim taronasi» radiosi bosh muharriri Sayyoraxon Ro’ziqulova hamda DJ MIX hamkorligi ostida shahar bo’ylab aksiyani qizdirish ishlari boshlab yuborildi va avtoulovlar raqamlari birinma-ketin efirda yangrab o’ta boshladi. To’g'risi erta tongdan aksiyaga qiziqish katta bo’lishiga unchalik ham ishonmagan radioijodkorlar, tasodifiy raqamlari aytilgan avtoulovlarni to’xtashlarini so’rashdi va to’xtaganlarga «O’zbegim taronasi» radiosi hamda «To’xtaniyoz ota» fermer xo’jaligi nomidan sovg’alar ulashishdi. Bu orada qorbobo va qorqizlarimizni yangilash maqsadida radio tomon yo’l olganimizda, yo’lda bizni tinglayotgan 57-yo’nalish bo’yicha qatnovchi Mersedes avtobusi ham to’xtatildi. To’g'risi ushbu avtobusdagi yo’lovchilar nima bo’layotganiga unchalik tushunishmagan edi. Tushga borib qorbobo hamda qorqiz rolini Umidxon Rasulov va Sabinalar egallashdi va mikroavtobus o’z yo’lida davom etdi. Shaharni kezib-kezib, qarangki mikroavtobusimiz ortidan to’xtamay ta’qib qilayotgan avtomobillardan bir oz muddatga qochish maqsadida Yunusobod tumani, Shahriston mavzesida joylashga ko’p qavatli binolar joylashgan hovliga kirdik va u yerda oynadan birinchi bo’lib avtomashinamizni ko’rgan insonga sovg’a ulashishga qaror qildik. Buni qarangki, ko’pchilik yangi yil oldi ishlari bilan band bo’lsada, lekin FM 101 MHZ «O’zbegim taronasi»ni tinglayotganliklariga guvohi bo’ldik. Va shu zahotiyoq oynadan bizni tinglayotganlar qo’llarini qorbobomizga silkita boshladi. Biz esa, o’z navbatida xonadonlardan biriga sovg’a ulashishga kirdik va u yerda bir jajji muxlisimizga sovg’a taqdim etdik va aksiyani davom ettirish maqsadida yo’lga tushdik. Soat millari 15:00ga yaqinlashib borar ekan, qorbobo hamda qorqiz rolini endilikda DJ Black hamda Amalyalar egallashdi. To’g'risi eng antiqa qorbobo hamda qorqiz shu juftlik bo’ldi, desak aslo xato bo’lmaydi. Zero, DJ Black o’tmishda aniq qorbobo bo’lganliklari oydin bo’lib qoldi. Toshkentni aylanmagan joyi qolmagan mikroavtobusimiz kechga tomon sovg’alarni ulashib qaytdi. Kechki paytga kelib, qorbobo rolini «O’zbegim taronasi» radiosining haqiqiy otaxon boshlovchisi Jamshid Xojiniyozov egalladi. Ular bilan birgalikda esa biz to’g'ridan to’g'ri qo’shni FM diapozonida joylashgan «Vodiy sadosi» radiosiga tashrif buyurdik. To’g'risi bizning tashrifimiz ularga haqiqiy quvonch olib keldi, desak aslo adashmaymiz. Chunki kutilmagan tashrifdan bino qo’riqchisi hamda efir studiyasida o’tirgan 2 nafar boshlovchilar gap topa olmay qolishgan edi. Ularga sovg’alarni ulashib, yo’limizda davom etdik. Bayram oldi hamda tashqari sovuqligiga qaramay, bizning xavfsizligimizni ta’minlayotgan patrul xizmati vakili oldida to’xtadik. Ularni ajoyib tarzda yangi yil bilan tabriklab, metroning «Hamza» bekati tomon yo’l oldik. Zero, ushbu manzil bizning aksiyamizning eng qizg’in pallasi va yakunlovchi qismi bo’lishi kerak edi. Manzilga yetib borgach esa, qorbobomiz Jamshid Xojiniyozov barcha bizni tinglayotganlarga zudlik bilan Hamza metrosiga yetib kelishlarini hamda o’z sovg’alarini olib ketishlarini so’radilar. To’g'risi ushbu ma’lumot  efirda ketganiga 15 soniya ham o’tmay, mikroavtobusimizni 10ta avtoulov hamda radiomuxlislar o’rab olishdi. Bundayin katta e’tiborga javoban esa, eng birinchi kelgan 3 haydovchimizga  va muxlislarga sovg’alar ulashildi. Shu bilan 31-dekabr uchun eng muhim bo’lgan aksiya o’z nihoyasiga yetdi.

«O’zbegim taronasi» radiosiga qaytganimizda esa, radioda estrada yulduzlarimiz bizni qarshi olishdi. Studiyada esa, Dilmurod G’ulomov barcha san’atkorlardan ON-LINE tarzda Yangi yil tabriklarini qabul qilayotgan edilar. Shu o’rinda ular kamina Jahongirga ham so’z navbatini berdilar va qo’ldan kelganicha men barchani SB.uz portali ijodkorlari nomidan tabriklash vazifasini uddalashga harakat qildim, desam mubolag’a bo’lmaydi.

Ushbu maqola so’ngida, barcha FM 101 MHZ »O’zbegim taronasi» radiosi hamda SB.uz portali ijodkorlari siz azizlarni yana bir bora yangi yil bilan qutlab qolishadi!

Fotosuratlarni ko’rish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *