Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Dek, 2009

FM 101da bayramona aksiya!

FM101 da yangi yil aksiyasiYil yakunlanib borar ekan, deyarli barcha yil sarhisobini qilib, yangi yilni kutib olishga tayyorlanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. FM 101 MHz manzilida joy egallagan O'zbegim taronasi radiosi vakillari ham bayramni qiziqarli hamda esda qoladigan voqea sifatida qarshi olmoqda. Qanday qilib deysizmi?..

Albatta o'z muxlislariga sovg'alar ulashgan holda. Aynan hozir, bir necha daqiqadan so'ng O'zbegim taronasi logotipi tushirilgan avtomobil shahar ko'chalarini kezish uchun start ola va to kechga qadar shahar bo'ylab o'z muxlislariga sovg'alar ulashadi. Siz ham albatta sevimli radio tomonidan taqdim etiluvchi sovg'a egasi bo'lishingiz mumkin albatta. Buning uchun esa efir-dasturini kuzatib borishingiz hamda loyihalarda qatnashishingiz, avtomobil egalari esa ko'chada ketayotgan chog'ingizda radioingizni FM 101 «O'zbegim taronasi»ga sozlashingiz lozim bo'ladi. Extimoldan holi emas, balki sizning avtomashinangiz raqami radioto'lqin orqali yangrab, sovg'a egasiga aylanib qolsangiz… SB.UZ portali esa kechga qadar loyihadan fotofaktlar hamda ta'surotlar bilan o'rtoqlashib boradi… Bizni kuzatib boring.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *