Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Dek, 2010

FM 101: Yangi yilni har yilgiday o'zgacha kutib olamiz…

FM101 - Talabga binoan to'xtash31-dekabr yaqinlashar ekan, barcha o'z yaqinlariga sovg'alar harid qilishu, yangi yil bazmini chiroyli qilib kutib olish taraddudiga tushib qoladi. Shu jumladan FM101 MHz Manzilida joy olgan «O'zbegim taronasi» radiosi ham. Qanday qilib deysizmi?…

Har yilgiday zavqli kayfiyat ila sovg'alar bilan barchaga shodlik ulashish ila. Mana ancha yildan beri aynan 31-dekabr kuni O'zbegim taronasi radiosi vakillari kun davomida shaxrimiz ko'chalarini kezgancha, aynan «Talabga binoan to'xtash» aksiyasini o'tkazib kelmoqda. Bu yil ham zavqli radioda ushbu loyiha diqqat markazida bo'lishi tabiiy. Albatta, yangi yilni sevimli radio sovg'alari bilan kutib olishdan maroqlisi bo'lmasa kerak. Demak 31-dekabr kuni FM101 MHz to'lqiniga sozlangancha radio viktorinalarida qatnashing yohud shaxrimiz ko'chalarida radio qorbobo va qorqizini ko'rib qolib, ularni qo'ldan chiqara ko'rmang. Chunki juda ham ko'plab sovg'alardan biri aynan sizniki bo'lishi mumkin. Bu hali hammasi emas. Aynan shu kuni radioning internetdagi www.fm101.uz manzili orqali siz nafaqat radioni tinglashingiz, balki radio studiyasini to'g'ridan to'g'ri jonli ravishda tomosha qilish imkoniga ham ega bo'lasiz. Albatta boshlovchilarningu mexmonlarni savol-javoblarda o'zini qay holatda tutishi albatta qiziq bo'lsa ajab emas. Demak, 31-dekabr, erta tongdan to kechga qadar, FM101 MHz manziliga sozlaning va aslo boshqa to'lqinlarga o'ta ko'rmang… Chunki sizni ajoyib sovg'alardan biri kutmoqda.

Hamkor va homiylar: Beeline savdo belgisi, Marmara tortlari, To'xtaniyoz ota fermer xo'jaligi, Sentral oilaviy kafesi, Ucell savdo belgisi hamda SB.UZ portali.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 87 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *