Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Iyul, 2009

FM 101 da shodiyona kun

O'zbegim taronasi 9 yoshdaAvvalgi yangiliklarimizda habar berganimizdek, bugun, yani 24-iyul kuni FM 101 MHz to’lqinida joy olgan «O’zbegim taronasi» radiosi 9 yoshni qarshi oldi. Ushbu kun ko’pgina qiziqarli uchrashuvlar hamda voqealarga boy bo’ldi desak hato bo’lmaydi.Erta tongdan efirni ikki nafar boshlovchilar Sabina hamda Dilmurod Gulomovlar ko’tarinki

kayfiyat bilan boshlab berishdi.
Soat 9 dan esa boshlovchilik estafetasini Magometali Idoyatov va betakror Rayhon qabul qilib olishdi va shu bilan to’g'ridan-to’g'ri jonli efirda muxlislarga deyarli har 5 daqiqada sovg’alar taqdim etila boshlandi. Radio tavallud ayyomi bilan tabriklash uchun mexmonlar keti uzilmas edi. Ular o’zlari bilan albatta sovg’alar olib kelishni kanda qilishmas edi. Keling ularni quyida ketma-ketlik ila tanishtirib o’tsak.

10:00 — Jumladan Jamshid Hojiniyozov efirida IIB axborot vakillari, samarqandlik ashaddiy

muxlisalardan biri mexmon bo’lishdi.
O'zbegim taronasi 9

yoshda

O'zbegim taronasi 9

yoshda

11:00 — DJ Black efirdaliklarida sobiq o’zbegimchi, hozirda Grand radiosi boshlovchisi

Milla Mirova, O’zbegim taronasi fan klubi a’zolari
O'zbegim taronasi 9

yoshda

12:00 — Roksana hamda DJ Mix efirdaliklarida SB.UZ portali administratori kamina Jahongir

(JET) birgalikda efir olib bordik.
O'zbegim taronasi 9

yoshda

13:00 — Kseniya Orlova hamda Magometali Idoyatov birgalikda Setora guruxini qarshi

olishgan bo’lishsa
O'zbegim taronasi 9

yoshda

O'zbegim taronasi 9

yoshda

14:00 — Dilmurod G’ulomov va Sabina birgalikda Nilufar Usmonovani ko’plab

savolga tutishdi.
O'zbegim taronasi 9

yoshda

15:00 – Dmitriy Filipov hamda Sheruslar kunning eng muhim mexmonlaridan birini qarshi

olishdi desak, to’g'ri boladi. Chunki Shaxzoda mexmon sifatida tashrif buyurib, o’zini

boshlovchilik kasbida sinab ko’rdi va deyarli boshlovchilarga gap bermadi.
O'zbegim taronasi 9

yoshda

O'zbegim taronasi 9

yoshda

16:00 – Jamshid Hojiniyozov shu kuni honandalar Manzura va Abduvali Rajabovlarni hamda

Navro’z radiosi vakili Sarvarni efirdan turib qarshi olar ekan, ularni yaxshigina savollarga ko’mgan bo’lsalar ajab emas. Ulardan so’ng esa Afruz guruxi yigitlari Jamshid

Hojiniyozovga efirda birgalikda hamrohlik qilishdi.
O'zbegim taronasi 9

yoshda

O'zbegim taronasi 9

yoshda

18:00 – Dilmurod G’ulomov O’zbekiston Futbol Federatsiyasi vakili Alisher Nikimbayev

bilan birgalikda shu kunning eng qiziqarli voqeasi, UCELL kompaniyasi tomonidan taqdim

etilgan so’ngi to’rt raqami 9 sonidan iborat «oltin raqam»ni egasini topishdi.
O'zbegim taronasi 9

yoshda

Bundan tashqari shaxrimiz bo’ylab 9 ta uyali telefon hamda turli hildagi sovg’alarni

turli hil aktsiya hamda viktorinalar shaklida kun davomida g’olib muxlislarga taqdim

etishdi.
O’zbegimchilarning efir ortidagi zaxmatkashlari ham shu kuni bor mahoratlarini efir

dasturi chiroyli o’tishiga sarflaganliklari, musiqiy hamda kreativ bezaklardan, radio

honalarining bayramona bezatilganidan yaqqol sezilib turar edi.
O'zbegim taronasi 9

yoshda

Albatta sovg’adan ham muhimi, bizning sevimli zavqli radiomiz o’z muxlislariga eng

birinchi navbatda ko’tarinki ruxni taqdim eta oldi. Shunday qilib O’zbegim taronasi

radiosi o’zining 9 yoshini ana shunday ko’tarinkilik hamda zavq bilan qarshi oldi.
SB.UZ portali nomidan O’zbegim taronasi radiosini yana bir bora ushbu shodiyona bilan

chin yurakdan muborakbod etamiz.
O'zbegim taronasi 9 yoshda

Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 99 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *