FM 101 10 yoshda. Shodiyonadan fotolavhalar
Avval xabar berib o'tganimizdek, 24-iyul FM101 MHz manzilida o'rin egallagan O'zbegim taronasi radiosi o'zining 10 yoshini ko'tarinkilik ila kutib oldi.
Shahrimiz bo'ylab 10 ta uyali telefon apparati hamda qo'shimchasiga chiroyli raqamlar kun davomida o'z egalarini topgan bo'lsa, ko'pgina muxlislar jonli efirda ko'plab ajoyib sovg'alarni qo'lga kiritishga muyassar bo'ldilar. Shu kuni to'g'ridan-to'g'ri ON-LINE tarzda studiyada bo'layotgan tantanani aynan bizning portal orqali kuzatganlar ko'plab mashhur san'atkorlar tashrifiga guvox bo'ldilar. Ular esa o'z navbatida o'zlari bilan ajoyib tortlaru, sovg'alarni olib kelib, jonli efirda radioni tantana bilan qutladilar. O'z nomimdan shuni aytishim mumkinki, radio ijodkorlari har doimgidek efir dasturini eng yuqori nuqtaga olib chiqdilar va barchaga eng yaxshi kayfiyatni ulasha oldilar. Hamjihatlik ila eng hayajonli hamda qiyin dasturlarni professional tarzda olib borishga erishdilar. Yana bir bora portalimiz nomidan O'zbegim taronasi radiosini 10 yoshi bilan muborakbod etamiz. Quyida esa shodiyona kundan ba'zi fotosuratlarni taqdim etamiz.