Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Okt, 2007

Bugun ular efirga chiqqaniga 3 yil bo’ldi?!

Jamshid Xojiniyozov & Dilmurod G'ulomovRoppa-rosa bundan 3 yil avval «O’zbegim taronasi» radiosida keskin o’zgarish yuz berdi. Ya’ni, 2004 yil 10 oktyabr kuni FM 101da Jamshid Xojiniyozov hamda Dilmurod G’ulomov ilk bor efirga chiqqan edilar. Shundan buyon «O’zbegim taronasi» radiosi yanada quvnoqlashdi…

Ikki quvnoq boshlovchining quvnoq radiodagi mana shu o’tgan 3 yillik faoliyati davomida juda ham ko’plab yutuqlarga erishilgani rost. Ularning har bir efiri o’zgacha ruhda o’tadi. Ularning har bir loyihasi tinglovchilarni jalb qila oladi. So’zsiz ularning bugungi kun radiosining eng yetakchi boshlovchilari deb atashimiz mumkin. Mana shunday yetakchi boshlovchilar bilan aynan biz, SB.uz portali hamkorlik olib borayotgani esa quvonarli hol. Shu fursatdan foydalangan holda SB.uz portali ijodiy guruhi nomidan Jamshid Xojiniyozov hamda Dilmurod G’ulomovlarni FM 101dagi 3 yillik muvaffaqiyatli faoliyatlari bilan tabriklab qolamiz. Hamkorligimiz esa yana yillar davomida amalga oshishi uchun biz tayyormiz!!!

Jamshid Xojiniyozov & Dilmurod G'ulomov


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *