Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Noy, 2008

Boshlovchi Sadaf mehmonga kimni taklif qildi?

TaqdimotFM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali birgalikdagi qo’shma loyihasi hisoblangan «Taqdimot» dasturi barcha yoshdagi muxlislar uchun birdek qiziqish uyg’otgan. Ushbu dasturda shu davrgacha o’zbek shou-biznesi olamining barcha vakillari ishtirok etishgan. Bu haftada «Taqdimot» dasturi orqali kim mehmon bo’ladi? Agar qiziqayotgan bo’lsangiz, unda hoziroq tanishing!Dastur boshlovchisi Sadaf 9 noyabr yakshanba kunidagi «Taqdimot» dasturiga estradamizning yosh guruhlaridan biri «Shahrizoda» guruhining bir-biridan go’zal va latofatli 3 qizini taklif  qilgan. Ular ijrosidagi bir nechta taronalar muxlislar e’tiboriga havola etiladi va bir soat davomida dildan suhbat uyushtirish rejalashtirilgan. Agarda sizda ham savollaringiz bo’lsa, dastur boshlovchisi Sadafning sadaf@sb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Odatga ko’ra dasturni tinglab, o’z savolingizga javobni ham olasiz!


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *