Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Yan, 2010

Bayramni bayramona rux bilan…

Avvalgi yangiliklarimizda xabar berib o’tganimizdek, 31-dekabr kuni FM101 MHz manzilida joy olgan “O’zbegim taronasi” radiosi bayramona aksiya o’tkazdi. Ushbu aksiyadan biz ham ijobiy hamda bayramona kayfiyat oldik.

Ertalabdan, yani soat 9 dan O’zbegim taronasi logotipi tushirilgan avtomashina shahar ko’chalarini kezish maqsadida yo’lga tushdi.

Fm101 da Yangi yil

Qorbobo va qorqiz rolida Jamshid Hojinoyozov hamda Umida Jumayeva, Umidxon Rasulov hamda Sabina, Magometali Idoyatov hamda Kseniya Orlova va yana Jamshid Hojiniyozov hamda Roksanalar juftliklari kechga qadar o’rin almashgan holda barchaga hamkor va homiylar tomonidan taqdim etilgan sovg’alarni ulashishdi.

Fm101 da Yangi yil

Fm101 da Yangi yil

Jumladan avtotransport egalari, jamoat avtobus hamda tramvay va ularning yo’lovchilari, bolajonlarga, Shodlik nikoh uyi hamda Toshkent teleminorasi hodimlariga “Central” oilaviy kafesi, Bolajon kompaniyasi, Ucell hamda “To’xtaniyoz-ota” savdo belgilaridan sovg’alar ulashildi.

Fm101 da Yangi yil

Fm101 da Yangi yil

Ushbu aksiyaning qiziq faktlari haqida batafsil to’xtalib o’tsam. Paparatsiya: Shu kuni Shodlik nikoh uyi qarshisiga kelganimizda Umidxon Rasulov hamda Sabina antiqa foto-paparatsiyaga tushib qolishganligisini sezmay qolishdi menimcha. Chunki quyidagi fotosuratni ko’rib, “Yosh oila” degan jumlani ishlatishingiz mumkin. Yana bir qiziqarli voqea bu boshlovchilar Umidxon Rasulov, Sabina, Dilmurod G’ulomov hamda Intizora Ochilovalarning aksiya vaqtini ketqizmaslik uchun to’g’ridan to’g’ri teleminoradan sakrashganligi insonni hayratga soladi. Agarda ishonmasangiz, fotolavxa bunga isbot bo’lishi mumkin.

Fm101 da Yangi yil

Fm101 da Yangi yil

Ha aytgancha, Jamshid Hojiniyozov, Roksana va DJ MIX tuyalarni juda yaxshi ko’rishadi shekili, har xolda ancha vaqt “Central” kafesi qarshisida joylashgan tuyalar oldidan keta olmadik.

Fm101 da Yangi yil

Fm101 da Yangi yil

Albatta paparatsiyamiz bayramona hazil edi. Aksiya yakunida “O’zbegim taronasi” studiyasiga qaytdik. U yerda esa Jahongir.Uz va MTVA-2009 taqdimotining “Eng yaxshi bastakor” nominatsiyasi mutloq g’olibi Shaxnoz o’zlari tayyorlagan tortlari bilan kutib oldilar.

Fm101 da Yangi yil

Shu o’rinda deyarli barcha tadbirlarda O’zbegim taronasini qo’llab quvvatlayotgan hamda birga bo’layotgan ushbu ikki ijodkorga radio vakillari nomidan minnatdorchilik bildirildi.

Fm101 da Yangi yil

Shu narsani ham aloxida takidlab o’tish lozimki, shu kuni O’zbegim taronasi radiosi ijodkorlari barchaga bayramona ruxni taqdim eta olishdi. Bu fikrimga esa shu kuni O’zbegim taronasini tinglaganlar qo’shilishlari aniq. Shu bilan aksiya haqidagi reportajimizga yakun yasashga ijozat bersangiz. Gapirisihga gap ko’p, lekin ozginayu-sozgina maqoliga amal qilaqolaylik buguncha. Yana bir bora barchani yangi yil bilan muborakbod etamiz hamda hamisha FM101 MHz “O’zbegim taronasi” radiosini tinglagan holda kayfiyatingizni yanada ko’tarishni tavsiya qilamiz.

Fm101 da Yangi yil

SB.UZ portali uchun “O’zbegim taronasi” radiosidan maxsus…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *