Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Iyul, 2007

Bahrom Yoqubov bilan uchrashuv!

UchrashuvFM 101 to’lqinida o’tkazilgan «Uchrashuv»ning navbatdagi soni ham keskin savollar va aniq javoblarga asoslangan holda o’tdi. Biroq, efir juda ham qiziq sababga ko’ra 7 daqiqa kech boshlandi.

Dasturni kech boshlanishining sababi quyidagicha: bizni kutib olish uchun «O’zbegim taronasi» radiosi joylashgan binoning 7 qavatidan radio qo’riqlash xizmati xodimi pastga tushdi. Biroq, u tushayotganda radioga kirish uchun kalitni ichkarida unutib qoldiribdi…

Bahrom Yoqubov Qorabekovich bilan bo’lib o’tgan intervyu juda ham ko’p ma’lumotlarni o’z ichiga qamrab oldi va keskin savol-javobga boy bo’ldi. Jamshid Xojiniyozovning bir qator «kuchli» savollariga Bahrom Yoqubov ham aniq va asosli holda javob berdi. Portalimizning «O’zbegim taronasi» nomli bo’limi orqali efirni tinglab barchasiga guvoh bo’lgan bo’lsangiz ajab emas.

Demak, dastur mehmoni kinorejissor Bahrom Yoqubovga oid siz bilgan va bilmagan ma’lumotlari bilan tanishib oling:

1) 1961 yil 1 aprel kuni To’ytepa shahrida dunyoga kelgan Bahrom Yoqubov bir o’g'il, bir qizning otasi.
2) O’z filmlarini noqonuniy ravishda xorijda sotuvda ekanligini ko’rgan va bilgan Bahrom Yoqubov uning ijodiga bo’lgan qiziqish xorijda ham yuqoriligidan quvonsa, noqonuniy ravishda sotuvda ekanligidan hafa.
3) Rejissorning yangi «Zumrad va Qimmat» kartinasi avgust oyi oxiri, sentyabr oyi boshlarida katta ekranga chiqadi.

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 120 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *