Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Iyul, 2010

«A'lo FM»dan navbatdagi shou dastur!

A'lo FMSB.uz portalining doimiy hamkorlaridan biri hisoblanadigan «A'lo FM» radiosi o'zining 4 yillik to'yini keng nishonlash arafasida. Mana shu munosabat bilan biz portalimiz ijodiy jamoasi va muxlislari nomidan «A'lo FM» radiosini chin dildan muborakbod etib qolamiz. 22 iyul kuni «A'lo FM» radiosi o'z tavalludini «Turkiston» saroyining yozgi binosida nishonlash arafasida.

Mazkur kecha soat 19:00da boshlanadi va unda Tohir Sodiqov, Shahnoz, Ziyoda, Oybek va Nigora, Sharof Muqimov, Xusan, Eldor Bek, Ulug'bek Rahmatullaev, Ruhshona, Yodgor Mirzajonov, Shohruhxon, Sardor Rahimxon, DiaS hamda shu kabi qator xonandalar ishtirok etadilar. Sizni ham mazkur tadbirga taklif etib qolamiz. Yana bir bor «A'lo FM» radiosi ijodiy jamoasini muborakbod etib qolamiz.

A'lo FM


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *