Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Iyul, 2009

«A’lo FM» radiosi 3 yoshda…

Alo FM 3 yoshdaPortalimizning doimiy hamkori, FM 90 MHz to’lqinidan joy olgan «A’lo FM» radiosi mana qariib 3 yildirki tabassum bilan siz azizlarning xizmatingizda. Aynan radioning 3 yoshga to’lishi munosabati bilan Turkiston saroyida o’zgacha tarzdagi konsert dasturi bo’lib o’tadi.

Qachon va qayerda hamda ushbu konsert dasturining aynan nimasi o’zgacha bo’ladi degan savollar sizni o’ylantirgan bo’lishi mumkin. Biz esa sizga uhbu savollarga javob topishga yordam beramiz. Demak, «A’lo FM» radiosining «3 yil tabassum bilan» deb nomlangan bayramona konsert dasturi 20-iyul, soat 19:00 da Turkiston saroyining yozgi saroyida bo’lib o’tadi. O’zgachaligiga keladigan bo’lsak, unda nafaqat o’zbek estradasining mashhur xonandalari chiqishidan bahra olasiz, balki konsert dasturi mobaynida yumoristik hamda hajviy tarzdagi sahnalarni ham tomosha qilishingiz mumkin.

Dasturda xonandalardan Ulug’bek Rahmatullaev, Sardor Rahimxon, Manzura, Sharof Muqimov, Shahnoz, Aziz Rametov, Rayhon, Shohruhxon, «Orion» guruhi, Oybek va Nigora, Shohruh hamda Firdavs, hajv ustalari Shukurullo Isroilov, Botirxon Imomxo’jaev, «Qax-qaxa» teatri, Sanjar Shodiev hamda «Quvnoqlar va zukkolar» jamoalari  va boshqalar qatnashadilar.

O’ylaymizki ushbu konsert dasturiga bugunoq chiptalarni harid qilib, albatta ishtirok etasiz. Zero bunaqasi hali bo’lmagan…

A'lo FM 3 yoshda AFISHA


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *