Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Iyul, 2009

«A’lo FM» 3 yoshing muborak!

Alo FM 3 yoshdaBugun bizning yaqin hamkorlarimizdan biri «A’lo FM» o’zining 3 yoshini qarshi oldi. Mana shu munosabat bilan «Turkiston» saroyining yozgi sahnasida estradamizning eng sara vakillari hamda taniqli so’z ustalari bilan o’z ayyomini keng nishonladi. Bunday shou-dastur anchadan buyon o’tkazilmayotgan edi. Konsert dasturi 4 soatga yaqin davom etdi.

Konsert dasturida Rayhon, Sardor Rahimxon, Ulug’bek Rahmatullaev, Shohruhxon, Sharof Muqimov, Firdavs, Shohruh, Aziz Rametov, Sevara Doniyorova, Man$ur, Oybek va Nigora, Shahnoz, Manzura, Xojimurod Bekchanov, Jasur Umirov, Mira va ko’plab boshqa estrada vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, Obid Asomov, Shukrullo Isroilov, Botir Imomxo’jaev, Sanjar Shodiev kabi so’z ustalari ham tashrif buyurganlar kayfiyatini yuqori ko’tarilishiga sababchi bo’ldilar. Dasturni «A’lo FM» radiosi xodimlari Oybek Rixsibekov hamda Iroda Nosirova olib bordilar.

Shu o’rinda SB.uz portali ijodiy jamoasi o’z nomidan «A’lo FM» radiosiga tabriklarini yo’llab qoladi. Ularning kelajakdagi ijodlariga ulkan parvozlar tilab qoladi.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *