Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Iyul, 2008

«A’lo FM» 2 yoshda!!!

A'lo FMYurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan radiostansiyalar soni bugungi kunda anchani tashkil qiladi. Ularning qay biridir otaxon radio sanalsa, yana qay biridir endi atak-chechak qilayotgan radioto’lqini hisoblanadi. Hozirgi kunning eng yosh radiolaridan biri hisoblangan «A’lo FM» esa bugun 2 yoshni qarshi oldi!!!

Biroq, «A’lo FM» radiosi boshqa radiolardan ancha yosh bo’lsada o’z o’rnini mustahkam egallab, elimiz qalbiga yo’l topa oldi. Ularning yuzlariga tabassum ham ulashdi. O’ziga hos ko’tarinki kayfiyat aynan mana shu radioto’lqinda hukm suradi. FM 90 manzilida joylashgan sevimli radiostansiya bugungi kunda o’z rasmiy saytiga ham ega va u www.tabassum.uz manzilida faoliyat yuritmoqda. Nega sayt manzili ham fm90.uz tarzida ko’rinish olmagan degan savolga bosh muxarrir «biz boshqa viloyatlarda ham jarang sochishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz va u yerda boshqa to’lqinda efir uzatishimiz ehtimoldan holi emas», —  deya javob berdi. Nega aynan mana shu jihatga alohida e’tibor qaratdik? Chunki, ushbu radio nafaqat O’zbekistonning barcha viloyatlari bo’ylab, balki butun dunyo bo’ylab dovrug’ qozonishiga tilakdoshmiz.

«A’LO FM» — 2 YOSHING MUBORAK BO’LSIN!!! SB.UZ PORTALI DOIMO SEN BILAN BIRGA! BIZ TENGDOSHMIZ, FAQATGINA BIR NECHA OYGA SENDAN KATTAROQMAN XOLOS  !

HURMAT VA EHTIROM ILA SB.UZ PORTALI!!!


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *