Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Iyul, 2007

Akbarning avtoradioga ilk tashrifi…

Shou-biznes.uz dasturiYosh, ammo iste’dodli xonanda Akbar avtoradioga ilk bora tashrif buyuradi. Ya’ni, hammaga ma’lum bo’lgan «Shou-biznes.uz» dasturining navbatdagi mehmoni sifatida avtoradioga birinchi marotaba keladi. Ertaga, 28 iyul kuni Tishkent vaqti bilan soat 7:30da yuqorida nomi zikr etilgan dasturning navbatdagi soni efir yuzini ko’radi…

Agarda siz Akbarning ijodiga befarq bo’lmasangiz, qolaversa «Shou-biznes.uz» dasturini ashaddiy muxlislaridan biri bo’lsangiz dasturni o’tkazib yubormang! Akbar Rayhonning «Baxtli bo’laman» nomli taronasini beruhsat ijro etganmi? «TV-Markaz» telekanalida Akbarning kliplar bepul namoyish etiladimi? Bu xonanda san’atga faqatgina pul uchun kirib kelganmi? Bu kabi savollarga ertaga aniq va ravshan javob qabul qilasiz!

(P/S: Dastur takroran yakshanba kuni soat 7:30 hamda 19:30da ham efir yuzini ko’radi. Shuningdek, portalimiz «FAYLLAR BAZASI» bo’limidan mp3 ko’rinishida o’rin egallaydi.)


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *