Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Iyul, 2007

200 so’m topilmadi!!!

O'zbegim taronasiAvvalgi yangiliklarimizda ta’kidlab o’tganimizdek, bugun erta tongdan «O’zbegim taronasi» radiosining 7 yillik bayrami munosabati bilan radiostansiya xodimlari ajoyib o’yin o’tkazishdi. Ushbu o’yin antiqaligi bilan ajralib turardi. Chunki bunda bitta dona 200 so’mlik kupyura (tartib raqami: WW 2266101) qatnashdi.

Ya’ni ular yaxshi niyatda ushbu kupyurani boshqa kupyuralarga qo’shib, biror narsa xarid qilishlari, keyin esa ushbu tartib raqamli kupyurani kun bo’yi qidirib topishlari shart edi. Topib kelgan shaxsni 72 diagonallik LG LCD televizori kutmoqda edi. Hammasi quyidagicha boshlandi: bugun soat 9:00 da poytaxtimizning markazida joylashgan, Oloy bozorida radiostansiya xodimlari hamda portalimiz muxbiri Jahongir JET yig’ilishdi. Salom alikdan so’ng, hammaligi bir bo’lib shaftoli sotib olishga va shu orqali ushbu 200 so’mlik kupyurani muomalaga chiqarishga kelishib olishdi. Bu mas’uliyatli ish esa radiostansiyaning xodimlariga yuklatildi. Buni esa, bizning portalimiz vakili va shaxsan Jamshid Xojiniyozov kuzatib turishdi. Bir narsani ta’kidlab o’tish kerakki, shaftolini ayol kishidan xarid qilishdi. Xariddan so’ng, barcha ijodkorlar «O’zbegim taronasi» radiosiga qaytib kelishdi. Va kun bo’yi radio orqali ushbu kupyurani qidirishga tushishdi. Tug’ilgan kun munosabati bilan shu bugun ko’plab xonandalar tashrif buyurib, o’zlarining sovg’alarini tortiq qilishdi. Buni siz to’g'ridan to’g'ri efir vaqtida ham guvohi bo’ldingiz. «O’zbegim taronasi»ning bugungi efiri juda qiziqarli voqealarga boy bo’ldi. Biroq, vaqt tobora o’tib borayotgan edi. 200 so’mlik kupyuradan hamon darak yo’q edi. Bu orada esa, radiostansiya xodimlari o’z tug’ilgan kunlarini nishonlab, qadah so’zlarini aytib o’tishga ham ulgurishdi. Poytaxtga kech tushdi. Ushbu o’yin kechki soat 22:00 gacha davom etdi. Lekin hech kim ushbu kupyurani topa olmadi. 72 diagonallik LG LCD televizori «O’zbegim taronasi» radiosida qoldi.

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *