Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Fev, 2013

Ziyoda ham SB.uz portalini qutlaydi!

Ziyoda - SB.uz 7 yoshXushovoz xonanda Ziyoda bugungi kunning eng ajoyib ovozga ega bo’lgan sara xonandalar sirasiga kiradi. Uning har bir ijro etayotgan qo’shiqlarini inson miriqib tinglaydi. Men shaxsan o’zim Ziyodaning san’at olamidagi ilk qadamlarini ham juda yaxshi bilaman. Intervyular va turli ko’rsatuvlarni tasvirga olish jarayonida Ziyodani gapirtirish juda ham mushkul edi.

Yodimda, 2006 yil edi adashmasam, Ziyodani «30-kanal»dagi «Shou-biznes yangiliklari» ko’rsatuvimga taklif qilganimda undan qisqagina intervyu olishga juda qiynalgan edim. Bu hol balki Ziyodani san’at olamiga endigina qadam bosganligi bilan bog’liqdir yoki bo’lmasa o’ta uyatchan bo’lgandir. Hozir esa Ziyoda o’sha davrga nisbatan o’z fikrini bemalol bildira oladigan ijodkorga aylangan. Ziyodaga kelajakdagi ijodiga ulkan zafarlar tilagan holda uning tabriklariga quloq tutamiz.

Ziyoda - SB.uz 7 yosh (333)


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 846 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *