Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 May, 2007

«YULDUZLI DUET» — SUPER LOYIHA!!!

YULDUZLI DUETSiz qo’shiq kuylashni orzu qilasiz, iste’dodingiz va tashqi ko’rinishingiz a’lo darajada, ammo qo’shiq yaratish uchun sarflanadigan harajatlar sizga to’g'ri kelmaydimi? Siz albatta qo’shiq kuylashingiz mumkin!!! «YULDUZLI DUET» loyihasida ishtirok eting va estradamiz yulduzi bilan duet ijro eting!!! Imkoniyat faqat bir bor beriladi…

SB.uz portali hamda «Insane music» ovoz yozish studiyasi taqdim etadi: «YULDUZLI DUET»

Orzular ushaladigan fursat yetib keldi!!! Endi siz o’z shaxsiy qo’shig’ingizga ega bo’lishingiz va estradamiz yulduzi bilan duet kuylashingiz mumkin. Bu juda ham oson va asosiysi mutlaqo bepul.

- Mazkur tanlov o’tkazilishidan maqsad qo’shiq kuylashni shunchaki orzu qiladigan yoshlarning orzusini ro’yobga chiqarish!

- 26 iyun kuni soat 11:00da »Kamolot» Yoshlar Ijtomoiy Xarakati binosi oldida kastingda ishtirok etish uchun da’vogarlar tashrif buyurishlari mumkin.

- «YULDUZLI DUET» loyiha-tanlovi 3 bosqichda bo’lib o’tadi.
  1. Kasting
  2. Ijro va saralash
  3. G’olibni aniqlash va estradamiz yulduzi bilan duet ijro etish

- Kastingga sanoqli kunlar qolganda da’vogarlar uchun maxsus musiqa va matn taqdim etiladi va ular shu musiqa, matn yordamida kastingga hozirlik ko’radilar.

- Loyiha bastakori va hay’at a’zosi: Mr Jocker;
  
Loyiha shoiri va hay’at a’zosi: Yakzon.

- Loyiha tashkilotchilari: SB.uz portali hamda «Insane music» ovoz yozish studiyasi.

- Loyiha muallifi: Mirtohir Mirg’ulomov.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *