Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Noy, 2012

«Yil fotosurati» uchun kurashda Lola va Shahzoda oldinda!!!

Photo Cup2012 yilning eng shov-shuvli loyihasi bo'lmish «Photo Cup» loyihasida «Yil fotosurati»ni aniqlash uchun jiddiy kurashlarga start berilgan. Ushbu kurashda Shahzoda, Lola, Shahzoda Matchonova, Shohruhxon hamda Gulchehra Eshonqulova ishtirok etmoqda. Birinchi tur yakunlariga ko'ra Shahzoda va Lola yetakchilik qilishmoqda.

Qiziqarli loyihaning, qiziqarli yakuniga ham oz qoldi. Haqiqiy bellashuvlarga sabab bo'layotgan «Photo Cup» loyihasining yil yakunida yil fotosurati aniqlanadi. Birinchi turda Shahzoda va Shahzoda Matchonova hamda Lola va Shohruhxon to'qnashuvlariga guvoh bo'lgan bo'lsak, aktrisa Gulchehra Eshonqulova dam oldi. Birinchi turdagi jiddiy to'qnashuvlar yakunida Shahzoda, Shahzoda Matchonova ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi. Ovozlar nisbati 57 — 6 ko'rinishiga yetdi. Aslida, biz anchayin o'zgacha natijani kutgan edik. Ikkinchi juftlikdan o'rin olgan Lola va Shohruhxon ovozlari orasidagi farq atigi 2tani tashkil qilib, 20 — 18 hisobi bilan Lola g'alabaga erishdi. Albatta, bu natijalardan so'ng guruh jadvalida Shahzoda birinchi o'rinni, Lola esa ikkinchi pog'onani egalladi. Guruh jadvali bilan to'liqroq tanishish uchun quyida yo'llanma keltirilgan. Darvoqe, 2013 yilgi «Photo Cup»ning 6-Fotosuratlar chempionati uchun saralash o'yinlari ham boshlab yuborilgan. Saralash uchrashuvlarida ham faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Guruh jadvali bilan tanishish uchun yo'llanma

Saralash o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 402 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *