Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yangi yilda, yangi talqinda!!!
5 Yan, 2013

Yangi yilda, yangi talqinda!!!

SB.uzSevimli portalingiz Shou-biznes.uz 2013 yilni yuqori kayfiyatda boshlamoqda. Ushbu yilda portal tomonidan juda ham ko’p loyihalar, tadbirlar va kutilmagan sovg’alat taqdim etilishi ko’zda tutilgan. Mazkur yilda siz sevimli portalingiz bilan birga bo’ling va yulduzlarga yanada yaqinroq bo’ling! Bizning ilk qadamimiz portalni yangi ko’rinishda tuzib chiqishdan boshlandi. Shou-biznes.uz portali dizayni va ishlash tizimi so’nggi bor 2009 yilning dekabr oyida o’zgartirilgan edi. Ana shu davrdan buyon portalning tashqi ko’rinishida deyarli o’zgarishlar yuz bermagan. Biz portal ijodiy jamoasi yangi 2013 yilni yaxshi niyatlar bilan olg’a qadam tashlagan holda boshlashga qaror qildik. Mazkur yil davomida siz aziz muxlislar uchun tayyorlab qo’ygan loyihalarimiz manzur bo’ladi, degan umiddamiz.
Portalimizning yangi ko’rinishi ustida ish olib borgan Miravzal Mirg’ulomovga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Zamonaviy imkoniyatlar bilan ishlab chiqilgan yangi ish tizimi sizlarga juda keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Marhamat, yangi sayt bilan tanishib chiqing va o’z fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 1 548 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *