Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Dek, 2012

Yangi yil muborak bo'lsin!!!

Yangi yil 2013Mana 2012 yil ham o'z nihoyasiga yetmoqda. SB.uz portali mana shu o'tayotgan yil davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan, bizni barcha loyihalarimizda o'z yordamini ayamagan hamkorlarimiz-u, do'stlarimizni va albatta muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildirib qolamiz. Bu yilda siz aziz muxlislarga taqdim eta olmagan loyihalarimiz nasib qilsa 2013 yilda albatta o'z so'zini aytadi. Biz doimo barcha san'at ahli bilan do'stona munosabatda bo'lishni, asosiy maqsadimiz qilib kelganmiz. Bundan keyin ham huddi shunday bo'ladi.

Ishonamiz, biz tutayotgan yo'l to'g'ri yo'l. Eng asosiysi biz barcha bilan birdek bo'lishga harakat qilamiz. Yangi chiqayotgan yulduzlardan tortib, taniqli bo'lib ulgurgan yulduzlarimizga ham doimo labbay, deb javob beramiz. Mana bugun eng avvalo o'zbek shou-biznesining barcha vakillarini, shou-biznesni rivojlanishiga hissa qo'shayotgan ko'plab tashkilotlarni, qolaversa bizni SB.uz qilib ushlab turgan muxlislarimizni kirib kelayotgan 2013 yil bilan chin dildan muborakbod etamiz. Ularga eng ezgu tilaklarni tilagan holda, 2013 yilda portalimiz bir-biridan ajoyib loyihalari bilan sizlarni xushnud etishga harakat qilishini ma'lum qilamiz. 2013 yil barchamizga fayzli va omadli yil bo'lib kelsin!!!

Yangi yil 2013

Ushbu fotomontaj muallifi: Rihsiboy Zaynutdinov


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 240 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *