Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Dek, 2011

Yangi loyiha: «Photo Cup» — Fotosuratlar kubogi!

Photo CupSB.uz portali o'zining aziz foydalanuvchilari uchun 2012 yilda yangi loyihasini taqdim qilishga qaror qildi. Portalning yaqinlashib kelayotgan yangi yilga bag'ishlangan yangi «Photo Cup» nomli yangi loyihasi 2012 yilning 1-yanvaridan start oladi.

«COOL» — dizayn studiyasi, SB.uz portali hamda AURShax tomonidan taqdim etilayotgan «Photo Cup» loyihasi haqiqiy chempionat tarzida o'tadi. Bu loyihada foydalanuvchilar ishtirok etayotgan 32 nafar fotosuratga ovoz berib boradilar. G'olib 7 bosqich yakuniga ko'ra aniqlanadi. Loyihada ishtirok etadigan fotosuratlar 8ta yo'nalishga bo'lingan bo'lib, har bir guruhdan faqatgina 2tadan fotosurat keyingi bosqichga yo'l oladi. Loyiha haqida hozir faqatgina qisqacha ma'lumot berib o'tdik. Yanada batafsilroq ma'lumotlar esa yaqin orada sizlarga havola qilinadi. Biz bilan birga qoling va g'olibni birga aniqlaymiz!

 

Photo Cup


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *