Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Apr, 2012

Yana «Sumalak Party-2012» haqida… (2-qism)

Sumalak Party 2012Demak, uzoq kutilgan yangilikning davomiga ham vaqt yetdi. Portalimiz tomonidan uyushtirilgan yulduzlar sumalak bazmining hisob bo'yicha 5-soni ham o'tganiga ham mana 10 kun bo'lmoqda. Eksklyuziv fotosuratlarning ilk qismi taqdim etilgan internetdagi barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ulgurgani ham hech kimga sir emas. Navbat ushbu fotosuratlarning yangilariga yetdi.

28 mart kechki soat 18:00-19:00 atrofida boshlangan «Sumalak Party-2012″ shou-dasturiga tashrif buyurgan yulduzlar-u, yosh xavaskor xonandalarning barchalari tadbirdan ko'ngillari to'lganligi haqida hali hanuz o'z fikrlarini bildirmoqdalar. Biz ham o'z o'rnida mana shu kechani fayzli o'tishiga o'z ishtiroklari bilan yordam berganliklari uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz. Sumalak shouimizda doimgidek sumalak pishirish ishlari tadbir boshlanishidan ancha oldinroq boshlandi. Bu safar xonadonda emas, balki shahrimizning shinam choyxona-kafelaridan birida bo'lib o'tgan yulduzli kechamizga 28 mart kuni erta tong soat 5:00dan tayyorgarliklar boshlangan edi. Aynan shu vaqtda bizning ijodiy jamoa sumalakka bosh bo'ladigan onaxonlarimiz bilan birgalikda tadbirimiz bo'lib o'tadigan maskanga bordik va to estrada vakillarining tashrifiga qadar sumalak pishirish, turli taomlarni pishirish, dasturxon bezash, badiiy kechaga tayyorgarlik ishlarini qilish bilan ovora bo'ldik. Kechki soat 17:00ga yaqin ishlarimiz juda ko'p bo'lsada tayyorgarliklarni yakunlashga ulgurdik. Mana shu vaqtdan boshlab asta sekinlik bilan xonandalarimiz tashrifi boshlandi. Dasturda boshlovchilik vazifasi asosan Dj Rustam Bekka yuklatilgan bo'lib, u hammadan ilgariroq tashrif buyurib, keraklik hozirliklarini ko'rdi va soat 19:00da kechani ochiq deb e'lon qilib, ilk mehmonimiz Firdavsni qo'shiq kuylashga chorladik. Bu fursat orasida suratga olish ishlari vazifasiga kirishgan «MMM» video studiyasinng katta ijodiy guruhi ham o'zlariga tegishli bo'lgan barcha texnik ta'minotlari bilan tayyorgarliklarni ko'rishga ulgurgan edilar. Xullas, mana shu yo'sinda «Sumalak Party-2012″ shou-dasturini boshlab oldik. Biroq, har bir tadbirda bo'lgani kabi bizning tadbirda ham kichik muammolar yuzagan keldi. Bu haqida esa keyingi maqolamizda batafsil to'xtalib o'tamiz. Hozircha esa yana fotosuratlarga e'tiboringizni tortamiz. Ha aytgancha, tashrif buyurgan yulduzlar o'rtasida o'tgan viktorina va ushbu o'yin davomida avtomobil kalitini o'z qo'liga olgan yulduzimiz kim ekanligini ham keyingi maqolada yoritib beramiz.

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 138 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *