Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Mart, 2011

Timati — «Sumalak bazmi-2011» mehmoni!?

SB.UZ portalining an'anasiga aylanib qolgan «Sumalak bazmi»ga ham bir kun qoldi. Portalimiz ijodkorlari esa buning uchun tinimsiz mehnat qilib siz azizlarga ko'plab surprizlarni rejalashtirishmoqdalar. Esingizda bo'lsa, avvalgi yangiliklarimizda bu yilgi «Sumalak bazmi» oldingilaridan farq qilishini ta'kidlab o'tgan edik. Mana bugun shu haqda batafsil to'xtalib o'tishni joiz deb bildik.

Buni qarangki, ba'zi bir sabablarga ko'ra «Sumalak bazmi»mizning sanasi kuni rus estradasining yulduzlaridan biri Timati Toshkent shahrida bo'lishi kutilayotgan ekan. Biz fursatdan foydalanib Janob Timatini mazkur bazmimizga olib kelishga qaror qildik va buni uddaladik desak ham bo'ladi. 2-aprel kuni «Sumalak bazmi-2011″ning asosiy mehmoni Timati bo'lib, u bilan birgalikda Rayhon, Shahzod guruhi, Dj Piligrim, Sogdiana, Mirjamol, Oybek va Nigora, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Shahnoz, Shohruhxon, Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova, Fayoz guruhi, Dineyra, Umid Amirxon, Nodir Said, Elbek, Eldor Bek, Rasulbek Nasriddinov, Ali Otajonov, Ilhom Abdullaev va ko'plab boshqa estrada yulduzlarilar ham ishtirok etishadi. Shahzodaning Moskvadan kela olmasligini hisobga olmasak, bu yilgi «Sumalak bazmi» juda ham a'lo darajada o'tishi kutilmoqda. Yana bir muhim yakgilik! 25-may bitiruvchilar kuniga bag'ishlab «Akfa media» hamda «Tarona records» tashkilotchiligi ostida SB.UZ portali bilan birgalikda yana gala-konsert bo'lib o'tishi kutilmoqda. Bu haqda tez kunlarda batafsil to'xtalib o'tamiz. Buning uchun bizdan yiroqlashmasangiz bo'ldi!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 201 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *