Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Avg, 2008

«The Best Group — Super Loyiha»!!!

The Best Group - Super Loyiha!SB.uz portali kuz fasliga jiddiy hozirlik ko’rayotgani haqida sizga xabar bergan edik. Mana shu tayyorgarlik natijasi o’laroq Forum.SB.Uz loyihasi o’zining yangi loyihasini taqdim etishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi. Mazkur loyihada portalimizning barcha foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha haqida: loyiha davomiyligi 2 oyni tashkil etadi. Unda ikki jamoa tuzilib, har bir jamoa uchun ikkitadan sardorlar tayinlanadi. Sardorlik bog’ichi faqat portalimiz Forum Moderatorlari (FM)ga topshiriladi. (PKM) Portal Komment Moderatorlari mazkur loyihada nazoratchi vazifasini o’taydilar. Biror bir jamoa a’zosi loyiha mobaynida floodga yo’l qo’ysa, ushbu jamoadan ma’lum miqdorda ball olib tashlanadi. Loyiha shartlari bo’yicha loyiha raisi jamoalarga topshiriq topshiradi va uni qay bir jamoa tez hamda to’g'ri bajara olsa 10 ball sistemasi asosida baholanadi. Jamoa sardorlari loyiha davomida (2 oy ichida) faqatgina 3tadan ishtirokchini aniq sabablari ko’rsatilgan holda almashtirishlari mumkin. Bu masalalar bo’yicha loyiha raisi javobgar hisoblanadi. Loyihaga raislik qilish bo’yicha hozircha asosiy davogar (POM) Jamshid_bek. Loyiha bo’yicha kimda qanday taklif bo’lsa, bemalol shu yerda yozib qoldirishlari mumkin.

Loyihada ishtirok etish uchun yo’llanma!

Loyiha qonun-qoidalari

The Best Group - Super Loyiha!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *