Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Avg, 2012

Tabriklaymiz: Shohruhxon — Chempion!!!

Shohruhxon«Photo Cup» loyihasining 4-chempioni nomi ham aniq bo'ldi. Qiyin kurashlarga boy bo'lgan 4-Fotosuratlar Chempionati g'olibi ham aniq bo'ldi. Bu safar g'oliblik o'zbek estradasining nomdor vakili Shohruhxonga nasib etdi. Bu bilan erkak yulduzlar orasida Shohruhxon eng birinchi chempion degan nomni qo'lga kiritdi.

Xabaringiz bor 4-Fotosuratlar Chempionatining Final uchrashuvida 3-chempion bo'lmish Lola Shohruhxonga qarshi chiqqan edi. Biroq, yakunda 23-24 hisobi bilan Lola Shohruhxonga imkoniyatni boy berdi. Biz Shohruhxonni shunday tarixiy g'alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz. Shohruhxon bu uchrashuvdan so'ng PC Reytingda ham 1-chilikka ega chiqdi. Lola esa 2-o'ringa tushishga majbur bo'ldi. PC Reytingning 3-o'rnini esa maftunkor aktrisa Zarina Nizomiddinova boshqarib bormoqda. Buni qarangki bu uchlik yaqindagina bir klipda birgalikda suratga tushishgan edi. «Yig'lar osmon» duetiga ishlangan klipdagi bu 3 yulduzning ishtiroki shunchaki tasodifmi yoki klip juda ham odamli chiqqanligi ularni «Photo Cup» loyihasida shunday yuksak natijalarni ko'rsatishiga sabab bo'ldimi? Bu savolni muxlislarni o'zlariga qoldiraqolamiz. Shuningdek, 1-sentyabrdan boshlab 5-Fotosuratlar chempionatiga ham start berilishini ma'lum qilib o'tamiz.

PC Reyting bilan to'liq tanishish uchun yo'llanma

Shohruhxon


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 111 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *