Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Mart, 2012

«Sumalak Party — 2012»ni «MMM» tasvirga oladi!

MMM - Mega Max MediaBugundan e'tiboran SB.uz portali «MMM — Mega Max Media» video studiyasi bilan hamkorlikni boshladi. Endilikda SB.uz portali tomonidan uyushtiriladigan tadbirlarni aynan mana shu video studiya suratga tushirishi rejalashtirilgan. Jumladan, 28-mart kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan «Sumalak Party — 2012″ni ham aynan mana shu jamoa tasvirga oladi.

Bugungi kun talabiga javob bera oladigan yuqori sifatli texnikalarga ega bo'lgan «MMM» video studiyasini ko'pchilik Alisher Uzoqovning to'yini suratga olganligi orqali ham bilishadi. O'z ishiga professional darajada yondashadigan ushbu ijodiy jamoa bizning portal bilan hamkorlik qilayotganligidan juda ham mamnunmiz. «MMM» video studiyasi yaqinlashib kelayotgan ajoyib shou-dasturimizni mutlaqo o'zgacha tarzda suratga tushirish ustida ish olib borishmoqda. Ishonamizki, ularning g'oyalari barchaning diqqatini o'ziga torta oladi. «Mega Max Media» — o'z nomini oqlagan holda nafaqat video mahsulot bo'yicha, balki boshqa sohalarda ham o'zini ko'rsatish niyatida. Yaqin kunlarda bu haqida batafsil to'xtalib o'tishga harakat qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *